Today's Uzbek lesson is for advanced and intermediate language level students. But I hope beginners will also learn some vocabulary. Story/tale is about "how fox made fool of lion".
"Did you know? O'zbek means independent or the lord itself (O'ziga bek), from O'z (self) and Bek/Bey/Beg (noble)." - Wikipedia
Note that there will not be translated version of the story, please listen and try to understand meaning of the story. First please read the story and then listen, then listen and read, at the end we will have some vocabulary. Good luck!
Tulkining sherni laqillatgani. (How fox made fool of lion.)
Bir kuni tulki kechki payt qorni ochganini sezib, uyasidan chiqibtida, yegulik biror narsa topish uchun o'rmonga yo'l olibdi. Rosa charchab tinka madori quriguncha yuribdi. Lekin arzigulik biron nima topolmabdi.
Tulki kechadan beri tuz totmaganini eslab, mazali ovqatlardan benasib qilgan sherdan xafa bo'libdi. Kuni kecha u o'rmonga yaqin bir qishloqqa kirib borib bir g'ozni xalqumidan endi tishlab olib, qochmoqchi bo'lib turganida, to'satdan sherni o'kirganini eshitib qolgan ekan. Shunda tulki g'ozni tashlab qochib qolgan ekan. Agar o'sha sher bolmaganida mazza qilib ovqatlangan bo'larkan. G'azab tulkini aql xushini olib qo'yibdi.
U yo'lni ham pisand qilmay ketayotgan ekan, to'satdan, oldidan sher chiqib qolibdi. Tulki qo'rqib ketibdi. Vujudini titroq bosibdi. Lekin shunday bo'lsa ham o'zini bosib
-"Hoy sher, tezroq qochib qol hozir bo'ron ko'tariladi", debdi.
-"Men juda og'irman uncha buncha bo'ron menga pisand emas", debdi sher.
-"Qanday qilasan axir shamol juda qattiq bo'ladiku"
-"Yerga yotib olaman"
-"Bu tadbiring yordam bermaydi. Seni bo'ron uchirib ketadi"
-"Men daraxtga mahkam yopishib olaman"
-"Shamol beto'xtov ber necha kun davom etadi. Shuncha kungacha daraxtni quchoqlab tura olmaysanku axir"
Shunda sherni o'takasi yorilib,
-"Unday bo'lsa ayt nima qilay", deb o'kiribdi.
-"Kel men seni daraxtga bog'lab qo'yaman. Shunda har qanday shamol ham senga bexavotir bo'ladi", debdi tulki.
-"Voy, ajoyib fikr"!
rozi bo'libdi sher. Tulki sherni daraxtga bog'labtida o'zi sal naridagi qamishzorga kirib o'tiribdi.
-"Nega endi sen bo'rondan saqlanish uchun bironta panaroq joy qidirmayapsan", deb so'rabdi sher.
-"Hmmm, nega desang hech qanaqa bo'ron bo'lmaydi", xotirjam javob beribdi tulki.
Sherni g'azabiga qaynab ketib qattiq bo'kiribti. Shu zahoti har xil hayvonlar yig'ilib kelishibdi. Ular daraxtga bog'lab qo'yilgan sherni va uni yonida xotirjam o'tirgan tulkini ko'rib hayron bo'lishibdida bu voqeaning tafsilotini so'rashibdi.
-"Kecha kechqurun ovqatdan benasib qilgani uchun uni men bog'lab qo'ydim. Bu voqea hammangizga ibrat bo'lishi kerak. U kuchsizlarga hamla qilishdan o'zini tiysin", deya tushuntira ketibdi tulki.
Shunday qilib tulki ularni oldidan viqor bilan qaddini g'oz tutib hech kimni pisand qilmay o'tib boribdi. Hamma hayvonlar undan qo'rqanlaridan ehtirom bilan ta'zim qilib kuzatib qolibdilar.
Download the MP3 and Please subscribe to the channel.
Audio is taken from ziyouz website. Some rights reserved.
Vocabulary list
tulki
fox
sher
lion
g'oz
goose
ovqat
meal/food
yegulik
food
mazali
delicious
benasib
deprived of
o'rmon
wood/forest
qishloq
village
to'satdan
suddenly
o'kirmoq
bark/howl
qochib qolmoq
run away
g'azab
anger/fury
pisand qilmoq
disregard/ignore
bo'ron
storm
og'ir
heavy
shamol
wind
yer
ground
tadbir
course of action
daraxt
tree
beto'xtov
nonstop
quchoqlamoq
hug
bog'lamoq
bind/fasten
qamishzor
reeded field
tafsilot
detailed explanation
ibrat
example, lesson
viqor
dignity, proud
ehtirom
respect
ta'zim
bow
Please let me know if you have questions! If necessary we can translate the text in later lessons. I hope you understand the meaning of the story. Don't hesitate to ask, any vocabulary questions as well.
I hope you enjoy the lesson!
Ko'rishguncha! (see you)
Uzbek Story: How fox made fool of lion! Last Reviewed by UzbekClass on September 07 2013 Rating: 5